JCh-2018 musobaqasiga Evropa mintaqasidan saralash bosqichi 4-turida Lixtenshteyn terma jamoasi o`z maydonida Italiya bilan kuch sinashdi.
Uchrashuvning 11-daqiqasida Belotti hisobni ochgan bo`lsa, 1 daqiqadan so`ng Immobile hisobni oshirdi. 32-daqiqada Kandreva hisobni yirik ko`rinishga olib keldi. Birinchi bo`lim yakunida Belotti o`z hisobga dubl yozib qo`ydi.
Mazkur guruhdan o`rin olgan Ispaniya terma jamoasi ham 4:0 hisobida Makedoniya ustidan zafar quchgani haqida avvalroq xabar bergandik.
Lixtenshteyn – Italiya 0:4 (0:4, 0:0)
Gollar: 0:1 – 11 Belotti, 0:2 – 12 Immobile, 0:3 – 32 Kandreva, 0:4 – 44 Belotti.
Lixtenshteyn – Yele, Kaufmann, Rexshtayner, Ori, Kristen, Vizer, Byuxel, Burgmayer, Byuxel, Salanovich, Polverino.
Italiya – Buffon, De Shilo, Romanoli, Bonuchchi, Dzappakosta, Verratti, Bonaventura (Insine, 67), de Rossi, Kandreva (Eder, 74), Belotti, Immobile (Dzadza, 81).
Ogohlantirishlar: Ori (63), Kaufmann (76), Yele (83).





