Germaniya terma jamoasi Evropa qit`asidan JCh-2018 turniriga saralash bosqichida San-Marinoga qarshi safarda maydonga tushdi va 8:0 hisobida yirik g`alabaga erishdi.
Uchrashuvda "nemis mashinasi" raqib darvozasiga javobsiz 8 ta gol kiritishga muvaffaq bo`ldi. Avvaliga Sami Xedira 7-daqiqada hisobni ochgan bo`lsa, keyinchalik Gnabri xet-trik, Xektor esa dubl qayd etgan. Shuningdek yana bir gol Folland tomonidan kirtilgan bo`lsa, San-Marino futbolchisi Stefanelli avtogol muallifi bo`ldi.
San-Marino – Germaniya 0:8 (0:3, 0:5)
Gollar: 0:1 – 7 Xedira, 0:2 – 9 Gnabri, 0:3 – 32 Xektor, 0:4 – 58 Gnabri, 0:5 – 65 Xektor, 0:6 – 76 Gnabri, 0:7 – 82, avtogol Stefanelli, 0:8 – 85 Folland.
San-Marino – Simonchini, Dzafferani (Brolli, 83), Chezarini, Simonchini, Palassi, Gasperoni, Tozi (Domenikoni, 59), Vitayoli, Berardi, Stefanelli, Vitayoli (Xirsh, 90).
Germaniya – ter Stegen, Xenrixs, Xummels, Xektor, Gnabri, Kimmix, Xedira (Goretska, 77), Getse (Mayer, 71), Gyundogan, Gomes (Folland, 71), Myuller.
Ogohlantirishlar: Vitayoli (60).





