Pissa shinavandalari uchun ajoyib yangilik — quyida taklif etilayotgan resept asosida siz o`zingiz oddiy tova yordamida pissa pishirishingiz mumkin!
“Daryo” nashri pissa reseptini taqdim etdi.
Buning uchun bizga quyidagi masalliqlar kerak bo`ladi:
· 9 osh qoshiq un;
· 4 osh qoshiq smetana yoki kefir;
· 4 osh qoshiq mayonez;
· 2 ta tuxum;
· sirka tomchisi o`ldirilgan 1 chimdim soda;
· pishloq;
· ta`bga ko`ra, ichiga har narsa solish mumkin.
Qanday tayyorlanadi?
Avval mayonez va kefir/smetana, un va tuxumlarni aralashtirib, sodani qo`shib, suyuq xamir tayyorlab olamiz. So`ng xamirni yog` surtilgan tovaga solamiz.
Pissaning ichiga solish uchun mo`ljallangan masalliqlarni maydalab to`g`rab, uni xamir ustiga qo`yib chiqamiz, ustidan qirg`ichdan o`ktazilgan pishloqni sepamiz.
Tova ustini yopib, 15 daqiqa pishirsak, bas — mazali pissa tayyor!





