UEFA mintaqasidan 2018 yilgi Jahon chempionatiga saralash bosqichi 4-turida Fransiya va Shvesiya terma jamoalari o`zaro bahs olib borishdi.
Murosasiz va qizg`in kurashlarga boy kechgan o`yinda fransuzlar 2:1 hisobida irodali g`alabaga erishdi. Pol Pogba va Dimitri Payetning gollariga Forsberg bitta gol bilan javob qaytardi.
Fransiya – Shvesiya 2:1 (0:0, 2:1)
Gollar: 0:1 – 54 Forsberg, 1:1 – 57 Pogba, 2:1 – 65 Payet.
Fransiya – Loris, Varan, Evra, Sidibe, Koselni, Matyuidi, Pogba, Payet, Sissoko, Grizmann (Kante, 88), Jiru.
Shvesiya – Olsen, Lindelef, Augustinsson, Kraft, Grankvist, Durmaz (Yansson, 87), Yuxansson, Ekdal (Xilemark, 66), Forsberg, Gvidetti (Telin, 73), Toyvonen.
Ogohlantirishlar: Kraft (57), Yuxansson (75), Pogba (90), Loris (90).





