AsosiyDunyo

181 ta davlatda bo`lgan amerikalik qiz er yuzidagi barcha davlatlarni kezib chiqmoqchi(Foto)

AQShning Konnektikuta shtatida yashovchi 27 yoshli Kassandra De Pekol (Cassandra De Pecol) 2015 yilning iyul oyidan boshlab, dunyoning 181 ta mamlakatini kezib chiqdi. U 40 kun mobaynida yana 15 ta mamlakatni  kezib chiqmoqchi. Kassandra o`zining bu harakati bilan eng ko`p mustaqil davlatlarda bo`lgan sayohatchi bo`lib, dunyo rekordini yangilamoqchi, deb yozadi “Tjournal”.

Agar Kassandraning bu orzusi amalga oshsa, u er yuzidagi barcha davlatlarni kezib chiqqan birinchi ayol bo`ladi. 

Amerikalik  ayol IIPT (International Institute for Peace Through Tourism) vakili va tinchlik elchisi sifatida sayohat qiladi. 

Kassandra o`zi borgan har bir mamlakatda turizm va iqtisodning o`zaro aloqalari haqida ma`ruzalar o`qiydi. Shuningdek, u atrof-muhit muammolari va eko-mehmonxonalar haqida ham so`zlaydi. 

Kassandraning so`zlariga ko`ra, u o`z misolida butun dunyodagi ayollar, jumladan ayollarni ilhomlantirishni orzu qiladi. 

Amerikalik bu qiz o`z marshruti haqida ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarda, xususan Instagram`da 50 mingdan ortiq kuzatuvchilariga so`zlab beradi.





















Boshqa yangiliklar