Andijon viloyati hududida "Dolzarb 40 kunlik" maxsus profilaktik tadbirlari doirasida bir qator jinoyat olami vakillari, o`zidan "Etakchi" yasab olganlar hamda ularga yaqin bo`lgan shaxslar ushlanmoqda. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.
Xususan, joriy yilning 5 dekabr kuni o`tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida Andijon shahrida yashovchi muqaddam Jinoyat kodeksining 104, 277-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganligi uchun sudlangan, 1988 yilda tug`ilgan Kiselov Andrey Xodjamqulovich, Andijon shahrida yashovchi 1989 yilda tug`ilgan fuqaro Shodiboev Farrux Patidin o`g`li, Xo`jaobod tumanida yashovchi 1973 yilda tug`ilgan Ergashev Baxtiyor To`xtasinovich hamda 1985 yilda tug`ilgan Parpiev Alisher Adxamovichlar viloyat hududida oilaviy zo`ravonlik, mayda bezorilik, valyuta boyliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o`tkazish bilan bog`liq huquqbuzarliklarni sodir etganliklari aniqlanib, ularning har biriga nisbatan ma`muriy qamoq jazosi qo`llanildi.
Hozirda ularning sodir etilgan og`ir va o`ta og`ir turdagi jinoyatlarga aloqadorliklari o`rganilmoqda.
"Hurmatli fuqarolar! Agar Sizlar ushbu shaxslardan jabr ko`rgan bo`lsangiz yoki ushbu shaxslarning jinoiy xatti-harakatlari to`g`risida ma`lumotlarga ega bo`lsangiz, Andijon viloyati IIBning “102” raqami yoki 97-432-10-20 telefon raqamiga murojaat qilishingizni so`raymiz. Murojaat qilgan fuqaro shaxsining sir saqlanishi kafolatlanadi" deyiladi xabarda.
07.12.2023 13:42
Andijonda ham o`zidan "etakchi" yasab olganlar ushlandi






