AsosiyDunyo

Yangi rekord. Dunyoda qochqinlar soni yuz milliondan oshdi — BMT

'Yangi rekord. Dunyoda qochqinlar soni yuz milliondan oshdi — BMT'ning rasmi

2023 yil boshidan buyon (sentyabr oyi oxirigacha) butun dunyo bo`ylab 114 milliondan ortiq odam o`z uy-joyini tashlab ketishga majbur bo`ldi. 

BMTning Qochqinlar bo`yicha Oliy komissarligi Ukraina, Sudan, Kongo Demokratik Respublikasi va Myanmadagi mojarolarni majburiy ko`chirilishning asosiy omili sifatida, shuningdek, Somalidagi qurg`oqchilik va suv toshqinlari hamda Afg`onistondagi uzoq davom etgan gumanitar inqirozni keltirib o`tdi.

“Hozirda dunyoning diqqat markazida G`azo sektoridagi gumanitar falokatga qaratilgani to`g`ri. Ammo butun dunyo bo`ylab juda ko`p mojarolar tarqalmoqda yoki avj olmoqda, begunoh hayotlarni yo`q qilmoqda va odamlarni o`z uylarini tashlab ketishga majbur qilmoqda”, — dedi BMTning qochqinlar bo`yicha Oliy komissari Filippo Grandi bayonotida. Uning so`zlariga ko`ra, xalqaro hamjamiyat mojarolarni bartaraf eta olmagani yoki yangilari paydo bo`lishiga yo`l qo`ymasligi azob-uqubatlarga olib keladi.

Hisobotda, shuningdek, ichki ko`chirilganlarning yarmidan ko`pi (57%) xalqaro chegaralarni hech qachon kesib o`tmaganligi aniqlangan. Shu bilan birga, chegarani kesib o`tishga muvaffaq bo`lganlarning aksariyati past va o`rta daromadli mamlakatlar tomonidan qabul qilingan - ular barcha qochqinlarning 75 foizini tashkil qilgan. BMTning Qochqinlar bo`yicha Oliy komissarligining qayd etishicha, dastlabki olti oyda dunyo bo`ylab 1,6 million shaxsiy boshpana so`rab murojaat qilingan, bu tarixdagi eng yuqori ko`rsatkichdir. Umuman olganda, BMT hozirda 36,4 million kishini qochqin deb hisoblaydi.

    Boshqa yangiliklar