AsosiyJamiyat

O`zbekistonda ko`p qavatli uylarning tutash qismida avtomashinalar uchun to`xtab turish joylari quriladi

'O`zbekistonda ko`p qavatli uylarning tutash qismida avtomashinalar uchun to`xtab turish joylari quriladi'ning rasmi

O`zbekistonda ko`p kvartirali uylarga tutash hududlarda to`xtab turish joylarini qurish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Senatning Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo`mitasi majlisida ma`lum qilindi.

Majlisda Senatning navbatdagi yalpi majlisida muhokama qilinishi rejalashtirilayotgan masalalar ko`rib chiqilgan. Xususan, “Yo`l harakati to`g`risida”gi qonun shular jumlasidan.

Ta`kidlanishicha, so`nggi paytlarda yo`l-transport hodisasi oqibatida ko`plab insonlar qurbon bo`layotgani sohani tartibga soluvchi amaldagi qonunga tegishli o`zgartirishlar kiritishni hamda uni yanada takomillashtirishni taqozo etmoqda. Shu maqsadda “Yo`l harakati to`g`risida”gi qonunning yangi tahriri ishlab chiqilgan.

Qonundagi eng muhim yangiliklardan biri ko`p kvartirali uylarga tutash hududlarda to`xtab turish joylarini qurish va atrof-muhit, aholining sog`lig`i va osoyishtaligiga transport vositalarining salbiy ta`sirini kamaytirish nazarda tutilmoqda.

    Boshqa yangiliklar