AsosiyDunyo

Isroil Rossiyaga keskin norozilik bildirdi

'Isroil Rossiyaga keskin norozilik bildirdi'ning rasmi

Isroil tomoni HAMAS vakillarini Moskvaga borgani munosabati bilan Rossiyaga keskin norozilik bildirdi. 

Rossiya BMT Xavfsizlik Kengashining HAMASni qoralovchi rezolyusiyasiga veto qo`yganidan bir kun o`tib, harbiy guruh delegasiyasi Moskvaga borgan. 

«Isroil XAMASning yuqori martabali mulozimlarini Moskvaga taklif qilishni terrorizmni qo`llab-quvvatlovchi va XAMAS terrorchilarining vahshiyliklarini qonuniylashtiradigan nomaqbul qadam deb hisoblaydi», deydi Isroil Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Lior Hayat. 

Isroilning Rossiyaga nisbatan ommaviy tanqidi kam uchraydi, deya qayd etadi nashr.

    Boshqa yangiliklar