AsosiyJamiyat

Endilikda ijtimoiy nafaqalarning manzilligi va uni tayinlashdagi adolatlik oshadi

'Endilikda ijtimoiy nafaqalarning manzilligi va uni tayinlashdagi adolatlik oshadi'ning rasmi

Mamlakatimizda ijtimoiy dasturlarni moliyalashtirish xarajatlari YaIM (yalpi ichki mahsulot)ga nisbatan 2 baravarga oshib, kam ta`minlangan nafaqa oluvchi oilalar qamrovi 5 barobarga ko`paydi hamda nogironligi bo`lgan shaxslar va nogironligi bo`lgan bolalarning parvarishi bilan band bo`lganlar uchun yangi nafaqa turlari joriy etildi.

Bularning natijasida bugungi kunda 2,3 mln. ortiqroq kam ta`minlangan oilalar uchun bolalar nafaqasi va moddiy yordam to`lanmoqda. 2023 yilda ushbu to`lovlar uchun 12,2 trln so`m yo`naltiriladi. Shundan 1,8 trln so`mi qo`shimcha ajratiladi.

Davlat tomonidan sarflanayotgan ushbu mablag`lar aslida kam ta`minlangan va og`ir ahvolga tushib qolgan shaxslarning hayotiy ehtiyojlarini qoplashga qaratilgan.  

Ammo so`nggi yillarda ba`zi bir o`ziga to`q fuqarolar ijtimoiy zaif qatlamlarga mo`ljallangan nafaqadan foydalanish holatlari uchrab turibdi.

Misol uchun nafaqa olayotgan shahslar tomonidan mulk (honadonlar, avtotransport va boshqalar) harid qilish holatlari kuzatilmoqda.  

Bundan tashqari, mablag`larga erishish uchun bir qator shaxslar mol mulkini qarindoshlari nomiga o`tkazib o`zini sun`iy ravishda kambag`allik kriteriyasiga olib kelib nafaqalardan foydalanayotgan holatlar ko`zga tashlanib turibti.  

Vaxolanki, ular chinakam muhtojlarga yo`naltirilishi kerak bo`lgan mablag`laridan foydalanayaptilar.  

Shu kabi holatlarni oldini olish va ijtimoiy nafaqalarning manzilligini oshirish hamda uni tayinlashdagi adolatlikni ta`minlash maqsadida O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ijtimoiy himoya yagona reestri axborot tizimi orqali kam ta`minlangan oilalarni aniqlash va ularga ijtimoiy nafaqalar tayinlash bo`yicha elektron ko`rinishda ariza berishni joriy etish to`g`risida”gi qarori loyihasi ishlab chiqildi.  

Ushbu qaror loyihasi bilan ijtimoiy nafaqalarni tayinlash mezoniga quyidagi o`zgartirishlar kiritish nazarda tutilmoqda:

Birinchidan, nafaqa oluvchilarning daromadi va mol-mulkini har oyda elektron axborot tizimi orqali o`rganish hamda kam ta`minlanganlik mezonlariga to`g`ri kelmaydigan oilalarni reestrdan chiqarish taklif etilmoqda.

Ikkinchidan, bandlik organlarida maslahat olish uchun murojaat qilgan ishsiz fuqarolar uch oy davomida kasbga o`qimasa, ishsiz sifatida ro`yxatga olinmasa hamda mehnat faoliyatini rasmiylashtirmasa, to`lovni to`xtatish taklif etilmoqda.

Uchinchidan, kredit olgan, tomorqa yoki dehqon xo`jaligini yuritish bilan shug`ullanuvchi shaxslar Soliq organlarida rasmiy ro`yxatdan o`tganligi to`g`risidagi hamda xorijda ishlayotgan shaxslar Davlat personallashtirish markazining elektron ma`lumotiga asosan avtomatik ravishda bandligini aniqlash tartibi joriy etilmoqda.

    Boshqa yangiliklar