AsosiyJamiyat

Er va xotinning har birining alohida mulkiga nimalar kiradi?

'Er va xotinning har birining alohida mulkiga nimalar kiradi?'ning rasmi

Ushbu savolga  Hudud24.uz. kolumnisti quiydagicha javob berdi:

Er va xotinning nikohgacha o`ziniki bo`lgan mulki, shuningdek, ulardan har birining nikoh davomida hadya, meros tariqasida yoki boshqa bepul bitimlar bilan olgan mol-mulki ularning alohida mulki hisoblanadi.

Biroq bu erda masalaning yana bir nozik tomoni bor. Masalan, erning nikohgacha bo`lgan paytda olgan uyi bor. Nikohdan keyin xotin bu uyni qaytadan qurishi, kapital ta`mirlashi yoki qayta jizohlashi natijasida qiymati ancha oshdi. Shunday holatda bu uy umumiy mulk deb topilishi mumkin.

Shuni ham aytish kerakki, qimmatbaho buyumlar va zebu-ziynatlardan boshqa shaxsiy foydalanishdagi buyumlar (kiyim-bosh, poyabzal va boshqa shu kabilar), nikoh davomida er va xotinning umumiy puliga olingan bo`lsa ham, ulardan foydalanib kelgan er va xotinning xususiy mulki hisoblanadi.

 

    Boshqa yangiliklar