Joriy yilning 26 oktyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar O`zbekiston Respublikasi Qishloq xo`jaligi vaziri lavozimiga Ibrohim Abdurahmonov nomzodini ko`rib chiqdilar.
Majlisda I. Abdurahmonov qishloq xo`jaligi sohasidagi islohotlarning samaradorligini oshirish maqsadida kelgusida amalga oshiriladigan ishlari bo`yicha o`z Harakatlar dasturi haqida axborot berdi.
Deputatlar I. Abdurahmonov nomzodini O`zbekiston Respublikasi Qishloq xo`jaligi vaziri lavozimiga ma`qulladilar.






