AsosiyJamiyat

Toshkentda er-xotin homilador ayol va uning onasini kaltakladi (video)

'Toshkentda er-xotin homilador ayol va uning onasini kaltakladi (video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda er-xotin ona-bolani kaltaklagani, kaltaklangan qiz 8 oylik homilador ekanligi aytilgani aks etgan video tarqaldi.

 Ushbu holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Axborot xizmati darakchi.uz'ga ma`lumot berdi.

Aniqlanishicha, ushbu holat joriy yilning 19 sentyabr kuni sodir bo`lgan. 1997 yilda tug`ilgan Sh.M. (ayol) va uning turmush o`rtog`i 1989 yilda tug`ilgan Sh.M. Shayxontohur tumani Xadra tor ko`chasi oldida tanishlari 1993 yilda tug`ilgan M.R. va uning onasi 1960 yilda tug`ilgan R.R.lar bilan o`zaro kelishmovchilik sababli janjallashgan.

8 oylik homilador ekanligi aytilgan kaltaklangan ayol hozirda shifokor nazoratida. Unga etkazilgan jarohatning og`irlik darajasini aniqlash bo`yicha sudga oid tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.

"Mazkur holat yuzasidan Shayxontohur tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o`tkazilmoqda, tekshiruv yakuni bo`yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta`minlanadi", deyiladi ma`lumotda.

    Boshqa yangiliklar