4 oktyabr kuni Astana shahrida Astana deklarasiyasi qabul qilinganining 5 yilligi va birlamchi tibbiy-sanitariya yordami bo`yicha Almati deklarasiyasi qabul qilinganining 45 yilligiga bag`ishlangan “Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami siyosati va amaliyoti: yuqori natijalar uchun intilish” mavzusida xalqaro konferensiyasi bo`lib o`tdi. Unda Qozog`iston prezidenti Qosim Jomart To`qaev va JSST Bosh direktori Tedros Gebreyesus, shuningdek, JSST Evropa mintaqaviy qo`mitasi vakillari ishtirok etdi. Bu haqda Zamon.uz xabar berdi.
JSST rahbari Tedros Gebreyesus Qozog`istonni birlamchi tibbiy-sanitariya yordami sohasida etakchilardan biri deb atadi.
Qizish mashqlarida JSST Evropa mintaqaviy qo`mitasi delegatlari qozoq milliy raqsi “Qora yo`rg`a”ga raqs tushdi.






