AsosiyJamiyat

Toshkentdagi kafe oshxonasida yong`in chiqdi

'Toshkentdagi kafe oshxonasida yong`in chiqdi'ning rasmi

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda soat 04:50 atrofida Toshkent shahar Shayxontohur tumani Labzak dahasida joylashgan Gʻijduvon Premium kafe oshxonasida yong`in sodir bo`lgani aks etgan foto va videolar tarqaldi. 

Holat yuzasidan Favqulodda vaziyatlar vazirligi Axborot xizmatining xabar berishicha, yong`in sodir bo`lgan joyga 4 ta yong`in-qutqaruv ekipaji soat 04:54 da etib borib, yong`in soat 05:29 da o`chirilgan.

Yong`indan restoranning 200 kv.m. maydoni saqlab qolingan.

"Hodisa oqibatida fuqarolarni kuyish tan jarohati olish va halok bo`lish holatlari qayd etilmadi. Yong`inning zarari aniqlanmoqda", deyiladi xabarda. 

    Boshqa yangiliklar