“O`zgidromet” joriy hafta davomida kutilayotgan ob-havo ma`lumotini e`lon qildi. Ma`lum qilinishicha, bugun kunduzi O`zbekistonning markaziy va janubi-sharqiy hududlarida asosan jadalligi biroz bo`lgan yomg`irlar yog`adi. Qoraqalpog`iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog`ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati 13-18 daraja atrofida, ba`zi joylarda 20 darajagacha bo`ladi.
Respublikaning ayrim joylarida shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.
24-25 oktyabr kunlari O`zbekistonning barcha hududlari bo`yicha havo asosan biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati ko`tariladi va hafta o`rtasiga kelib, kunduz kunlari havo 22-25 darajagacha, janubda 27 darajagacha isiydi.
26 oktyabrda respublika hududiga Volga bo`yi hududlaridan nam havoning yangi qismi kirib kelishi kutilmoqda. Markaziy, janubiy va sharqiy hududlarda yana yomg`ir yog`adi, harorat 15-20 darajagacha pasayadi.
27 oktyabrda O`zbekiston bo`yicha yog`ingarchilik kutilmaydi, harorat 17-22 daraja bo`ladi.
Ushbu hafta davomida harorat kechalari 7-12 daraja iliq atrofida bo`ladi. Respublikaning ayrim joylariga kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin.
Poytaxtda: 23 oktyabrda vaqti-vaqti bilan biroz yomg`ir yog`adi. Harorat 14-16 daraja bo`ladi.
24-25 oktyabr kunlari havo asosan biroz bulutli bo`ladi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Harorat 21-24 darajagacha ko`tariladi.
26 oktyabrda yomg`ir yog`adi, harorat 16-18 daraja bo`ladi.






