AsosiyDunyo

Qozog`istonda 60 nafardan ortiq o`zbekistonlik qullikda saqlangani ma`lum bo`ldi (video)

'Qozog`istonda 60 nafardan ortiq o`zbekistonlik qullikda saqlangani ma`lum bo`ldi (video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Chimkent shahridagi g`isht zavodida 60 dan orti o`zbekistonlkining qullikda saqlangani haqida xabar tarqaldi.

Shuningdek, Chimkent shahridagi g`isht zavodida mehnat qilayotgan yurtdoshimiz A.A. majburiy mehnatdan qochib, Olmaota shahriga borgani va u erda noma`lum shaxslar tomonidan o`g`irlab ketilgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda xabar e`lon qilingan.

Holat yuzasidan Tashqi mehnat migarsiyasi agentligi ma`lumot taqdim etdi. 

Ma`lum qilinishicha, joriy yilning 14 oktyabr kuni Chimkent shahridagi g`isht zavodlarida tezkor tadbirlar o`tkazilishi natijasida 60 nafardan ortiq O`zbekiston fuqarosi shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari va yashash ruxsatnomasi yo`qligi sababli Karatau tumani polisiyasi bo`limiga olib ketilgan.

Vaziyat mamlakatimizning Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasi tomonidan nazoratga olingan bo`lib, surishtiruv davomida hujjatlari yo`q 40 nafar yurtdoshimiz Chimkent shahridagi IIB vaqtinchalik saqlash markaziga va 24 nafari “Sana Sizem” tashkiloti yordamida hostelga joylashtirildi.

18 oktyabr kuni 40 nafar fuqaroning shaxsni tasdiqlovchi hujjatlari Chimkent shahri polisiyasi bo`limi xodimlari tomonidan topilgan va ularga nisbatdan Qozog`istonning Ma`muriy kodeksi bo`yicha ish ko`rilmoqda.

Ushbu holat bo`yicha Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining Chimkent shahridagi vakili tomonidan Karatau tumani polisiyasi bo`limida ushbu fuqarolar bilan suhbat o`tkazilib, ularning huquqlari tushuntirildi. Fuqarolarning asosiy qismi pasportlari qaytarib berilsa, Vatanga qaytishini, ish beruvchiga nisbatan e`tirozlari yo`qligini bildirdi.

Hostelga joylashtirilgan fuqarolar orasida A.A.ning boriligi aniqlandi va murojaat bo`yicha sudga qadar tergov harakatlari olib borilayotganligi ma`lum bo`ldi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar