AsosiyDunyo

Turkiyada Falastindagi minglab qurbonlar xotirasi uchun 3 kunlik motam e`lon qilindi

'Turkiyada Falastindagi minglab qurbonlar xotirasi uchun 3 kunlik motam e`lon qilindi'ning rasmi

Prezident Rajab Toyyib Erdo`g`an, Falastinda ko`pchiligi bolalar va tinch aholi bo`lgan minglab halok bo`lganlar xotirasiga Turkiyada 3 kunlik milliy motam e`lon qildi. Bu haqda "Anandolu" xabar qilmoqda. 

Prezident Erdo`g`an ijtimoiy tarmoqdagi postida: “Turkiya falastinlik birodarlarimiz va opa-singillarimizning ulkan dardiga sherik. Aksariyati bolalar va begunoh fuqarolar bo`lgan minglab qurbonlar xotirasini hurmat qilish uchun Turkiya 3 kunlik milliy motam e`lon qildi”, - deya yozib qoldirgan. 

Milliy motam e`lon qilish to`g`risidagi qaror matni, xususan:

“Falastindagi minglab qurbonlar xotirasi hamda Isroilning tinch aholiga, xususan, G`azodagi kasalxonaga 2023 yil 17 oktyabrda uyushtirgan hujumlari natijasida halok bo`lgan va jarohatlanganlar munosabati bilan uch kunlik milliy motam e`lon qilinishi maqsadga muvofiq deb topildi. Ushbu qarorga ko`ra, 2023 yil 21 oktyabr, shanba kuni quyosh botgunga qadar Turkiya bo`ylab va xorijiy vakolatxonalarimizda davlat bayrog`i yarim cho`qqigacha tushiriladi”, — deyiladi bayonotda.

Eslatib o`tamiz, 17 oktyabr kuni Isroilning G`azo sektoridagi  shifoxonaga bergan zarbasi tufayli mingga yaqin odam halok bo`ldi. 

    Boshqa yangiliklar