AsosiyJamiyat

O`zbekistondagi issiqxonalar falokat yoqasidami? Vazirlik izoh berdi

'O`zbekistondagi issiqxonalar falokat yoqasidami? Vazirlik izoh berdi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda, "O`zbekistondagi issiqxonalar falokat yoqasida" sarlavhasi ostida tarqalgan xabarlar muhokamalarga sabab bo`ldi. Holat bo`yicha Qishloq xo`jaligi vazirligi Axborot xizmati rasmiy munosabat berdi.

Unga ko`ra, bugungi kunda mamlakatimiz aholisini sifatli oziq-ovqat mahsuloti bilan ta`minlash maqsadida issiqxonalar maydoni so`ngi 5 yilda 3 barobarga ko`payib, 5,2 ming gektarga etdi, ularda etishtirilayotgan mahsulotlar hajmi 90 ming tonnadan 300 ming tonnaga ko`paydi.  

Amaliy natijalardan biri - Energetika vazirligi tomonidan kuz-qish mavsumida aholi gaz tarmoqlariga ulanmagan issiqxona xo`jaliklariga tabiiy gaz etkazib berish bo`yicha shartnoma tuzish ishlari boshlandi.

Xususan, issiqxona xo`jaliklari moliyaviy ahvolini yaxshilash va rivojlantirish bo`yicha respublika ishchi guruhining 3 ta yig`ilish bayonlari qabul qilinib, issiqxona xo`jaliklari tomonidan olingan 87 foiz kredit mablag`larining muddati 14 yilgacha uzaytirildi.

"Tanqidiy ruhda tarqatilgan xabarlar esa, birlamchi tahmin hamda  asosga ega bo`lmagan fikrlar jamlanmasi", deyiladi rasmiy munosabatda.

    Boshqa yangiliklar