AsosiyJamiyat

Farg`onada xotinini o`ldirgan erkak suddan farzandlari uchun qamoqqa olmaslikni so`radi

'Farg`onada xotinini o`ldirgan erkak suddan farzandlari uchun qamoqqa olmaslikni so`radi'ning rasmi

Nemolchi.uz tahririyatiga ma`lum bo`lishicha, Farg`ona viloyati Toshloq tumanida yashovchi Bo`taboev Saidjon oktyabr oyi boshida rashk tufayli xotinini bo`g`ib o`ldirgan. Qotillikdan so`ng u jinoyat joyidan qochib ketgan, biroq tez orada tezkor xodimlar tomonidan qo`lga olingan.

Saidjon 2018 yilda uylangach, oilaviy kelishmovchilik sababli 2020 yilda xotini ota-onasining uyida yashay boshlaydi. Joriy yilning sentyabr oyida oilasini saqlab qolish maqsadida turmush o`rtog`ining ota-onasini uyida yashashiga rozi bo`ladi va bu ayol uchun fojeali tugaydi. 1 oktyabr kuni turmush o`rtog`i begona erkak bilan telefonda gaplashganini eshitib, rashk oqibatida janjal ko`tarib,  tong soat 03:00 larda uni bo`g`ib, qasddan o`ldirib, hodisa joyidan qochib yashiringan, ammo Farg`ona viloyat tezkor guruh xodimlari uni bir sutka ichida topadi.

Sud majlisida Saidjon o`z aybiga iqror bo`lib, sudyadan ikki farzandi qolganligini vaj qilib, unga nisbatan qamoqqa olish bilan bog`liq bo`lmagan ehtiyot chorasini qo`llashni so`radi:

Amaldagi qonunchilikka muvofiq, sudya ayblanuvchini tergov davomida hibsga olish uchun tergov izolyatoriga joylashtirishga qaror qildi. Bo`taboevga nisbatan qasddan odam o`ldirish (O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 97-moddasi 1-qismi) bo`yicha ayblov e`lon qilindi. U 15 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

 

    Boshqa yangiliklar