O`rmon xo`jaliklarida 5 million dona daraxt ekish, chiqindi poligonlari atrofida va yirik sanoat korxonalari hududida “yashil belbog`” yaratish, dala chetlarida 20 million tup terak, tut va uzum ekish, bog`cha, maktab, oliygoh va shifoxonalar hududida 3,5 million dona ko`chat ekish, Orolning qurigan tubida 100 ming gektarda “yashil qoplama”larni barpo etish rejalari qo`llab-quvvatlandi.
Yig`ilishda daraxtlar va yashil hududlarni parvarish qilishni yaxshilash maqsadida obodonlashtirish bo`linmalari faoliyatini takomillashtirish masalasi ko`rib chiqildi.
Bu borada hozirda shahar va tumanlardagi obodonlashtirish xizmatini xususiy sektorga berish, har bir ko`chani daraxtlari bilan alohida-alohida lot qilib, bir yillik mablag`i bilan ochiq tanlovga qo`yish taklifi o`rganilmoqda.
Bu tartibni avvalo tajribadan o`tkazib ko`rish, natijasiga qarab barcha tuman va shaharlarni ushbu tizimga o`tkazish lozimligi qayd etildi.
Yig`ilish davomida hududlar, vazirlik va idoralar rahbarlarining axboroti tinglandi.
11.10.2023 19:50
Chiqindi poligonlari atrofida “yashil belbog`” yaratish rejasi qo`llab-quvvatlandi






