AsosiyJamiyat

Har bir viloyat hokimi ham 300 ming dona ko`chatni mahallalarga tekinga tarqatadi

'Har bir viloyat hokimi ham 300 ming dona ko`chatni mahallalarga tekinga tarqatadi'ning rasmi

Yig`ilishda aholining daraxt ekishga bo`lgan qiziqishini oshirish va rag`batlantirish ishlarini yanada kuchaytirish zarurligi qayd etildi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Bandlik vazirligining Jamoat ishlari jamg`armasi mablag`lari bundan buyon mahallalarni o`ziga yo`naltirilishi, ular esa bu mablag`larni daraxt ekish, parvarishlash va tozalik tadbirlariga yo`naltirishi ta`kidlandi. 

O`rmon xo`jaligi agentligiga joriy mavsumda har bir mahallaga 200 tadan ko`chatni bepul etkazib berish topshirildi. Bundan tashqari har bir viloyat hokimi ham 300 ming dona ko`chatni mahallalarga tekinga tarqatadi.

Har bir mahalla va tumanda qaysi daraxt yaxshi ko`karishini odamlarning o`zi yaxshi bilishi, shu bois ko`chat turini aholi bilan bamaslahat tanlash kerakligi aytildi.
 

    Boshqa yangiliklar