Mutasaddilarga barcha tuman va mahallalarda bir oy davomida ko`chat yarmarkalarini tashkil qilish va kuz mavsumida 30 million tup ko`chat etkazib berish topshirildi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Tayyorgarlik ishlari, ko`chat tarqatish, ekish jarayonlarini tumanma-tuman televidenie va radio orqali yoritib borish muhimligi qayd etildi.
Davlatimiz rahbari kuzgi mavsumida o`tgan yillardagi xatolarni takrorlamaslik shart ekaniga e`tibor qaratdi.
Jumladan, ko`chat ekishda manfaatdorlikni oshirish lozim.
Bu boradagi vaziyatni o`zgartirish uchun endilikda avtomobil, temir yo`l, daryo, kanallar yoqalari aholi va tadbirkorlarga shartnoma bilan er toifasi o`zgartirmasdan bo`lib berilishi belgilandi.
11.10.2023 19:24
Prezident mahallalarda bir oy davomida ko`chat yarmarkalarini tashkil qilish va kuz mavsumida 30 million tup ko`chat etkazib berish kerakligini aytdi






