AsosiyJamiyat

25 oktyabrdan 1 dekabrgacha, “kuzgi daraxt ekish mavsumi” e`lon qilinadi. Uning doirasida 85 million tup ko`chat ekish rejalashtirilgan

'25 oktyabrdan 1 dekabrgacha, “kuzgi daraxt ekish mavsumi” e`lon qilinadi. Uning doirasida 85 million tup ko`chat ekish rejalashtirilgan'ning rasmi

Yig`ilish kun tartibidagi ikkinchi masala sifatida “Yashil makon” umummilliy loyihasining amalga oshirilishi ko`rib chiqildi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Ushbu loyiha boshlanganidan o`tgan 2 yilda uy-joy massivlarida 1 ming 200 gektardan ortiq yashil bog` va jamoat parklari, 1 million gektardan ziyod yashil hudud va qoplamalar barpo etildi.

Joriy yilda, 25 oktyabrdan 1 dekabrgacha, “kuzgi daraxt ekish mavsumi” e`lon qilinadi, uning doirasida 85 million tup ko`chat ekish rejalashtirilgan.

Bunda barcha darajadagi rahbarlar, vazirlar, hokimlar, mahalla faollari, jamoat arboblari, nuroniylar, san`atkor va sportchilar, mashhur blogerlar o`rnak ko`rsatishlari muhimligi ta`kidlandi.

Buning uchun Respublika shtabi tashkil qilinadi. Fanlar akademiyasi, Tuproqshunoslik, O`rmonchilik institutlari, o`rmon xo`jaliklari rahbarlari ham shtabga a`zo bo`ladi. Shtab tuproq tahlili, iqlim sharoiti asosida qaerga, qachon, qaysi ko`chat turini qancha ekishni belgilab beradi.
 

    Boshqa yangiliklar