AsosiyJamiyat

Kinematografiya agentligiga milliy tariximiz bo`yicha kamida 50 ta badiiy, hujjatli va musiqali asarlar yaratish vazifasi topshirildi

'Kinematografiya agentligiga milliy tariximiz bo`yicha kamida 50 ta badiiy, hujjatli va musiqali asarlar yaratish vazifasi topshirildi'ning rasmi

Jahon amaliyotida turizm salohiyatini targ`ib qilishda kino, serial va hujjatli filmlardan keng foydalanilmoqda.

Shu bois, Kinematografiya agentligiga milliy tariximiz bo`yicha kamida 50 ta badiiy, hujjatli va musiqali asarlar yaratish dasturini ishlab chiqish topshirildi.  Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Prezident turizm ob`ektlarida sanitariya va ozodalikka e`tiborni yanada kuchaytirish lozimligini qayd etib, bu bo`yicha mas`ullarga tegishli ko`rsatmalar berdi.

Yana bir muhim masala – soha kadrlarining salohiyatini oshirish.

Turizm qo`mitasiga “Ipak yo`li” xalqaro turizm universiteti bilan birgalikda servis sifati hamda soha xodimlarining malaka va madaniyatini oshirish bo`yicha o`qitish tizimini yaratish topshirildi. Bunda mehmonxona va restoran ishi bo`yicha chetdan mutaxassislar taklif qilinib, har bir viloyatda o`quv kurslari tashkil qilinadi.

Shuningdek, xushmuomala bo`lish, tabassum qilish, ozodalik bo`yicha qisqa hajmli ta`sirchan ijtimoiy videoroliklarni tayyorlab, barcha telekanallar, ijtimoiy tarmoqlar va ekranlarda muntazam ko`rsatib borish muhimligi ta`kidlandi.

 

    Boshqa yangiliklar