Avvalroq, Uchtepa tumani “Beshqayrag`och” ko`chasida oqova (chiqindi) suvlari uchun mo`ljallangan chuqurlik (kotlovan) qazish vaqtida o`pirilish sodir bo`lib, 3 nafar fuqaro tuproq ostida qolib ketganligi taxmin qilinayotgan edi.
Uchtepa tuman hokimining o`rinbosari Aziz Naimovning ma`lum qilishicha, haqiqatdan ham Uchtepa tumani “Beshkayrog`och” ko`chasida olib borilayotgan kollektor qurilishida (kotlovan qazish vaqtida) 5 nafar “Shafoat” mas`uliyati cheklangan jamiyat xodimi ishlayotgan bo`lgan.
Ammo,tuproq ko`chishi oqibatida 2 nafar ishchi xodim hayotdan ko`z yumgan, 1 nafar xodim ayni damda kasalxonada, qolgan 2 nafar ishchining ahvoli qoniqarli baholanmoqda.
Ma`lum bo`lishicha, hozirda tuman Ichki ishlar bo`limi va boshqa huquqni muhofaza etuvchi idoralar tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.






