AsosiyJamiyat

Prezident turistlarni jalb qilish bo`yicha yangi imkoniyatlar haqida gapirdi

'Prezident turistlarni jalb qilish bo`yicha yangi imkoniyatlar haqida gapirdi'ning rasmi

Prezident turistlarni jalb qilish bo`yicha yangi imkoniyatlarga to`xtalib o`tdi.

Bunda, eng avvalo, qo`shni davlatlardan, Rossiya va Xitoydan sayyohlarni jalb qilish uchun katta salohiyat mavjudligi ta`kidlandi. 

Masalan, Xitoyning hamma provinsiyalariga borib, hududlarimiz turistik salohiyatini keng targ`ibot qilish, Xitoydan Samarqand, Buxoro, Xorazmga, Surxondaryo va Farg`ona vodiysiga aviaqatnovlarni yo`lga qo`yish muhimligi ko`rsatib o`tildi. 

Mamlakatimizga uzoq davlatlardan kelayotgan turistlar oqimi 3-4 barobar oshdi.

Misol uchun, bu yil Hindistondan, Yaponiyadan, AQShdan, Italiyadan sayyoh ko`paydi. Lekin, Malayziya, Indoneziya, Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari, Misr, Qatardan hamda Evropadan turistlarni jalb qilish ishlari sust ekani ta`kidlandi.

Ushbu mamlakatlardagi elchilarga va viloyat hokimlarining turizm bo`yicha o`rinbosarlariga turistlarni jalb qilish bo`yicha ishlarni kuchaytirish topshirildi.

    Boshqa yangiliklar