AsosiyDunyo

Rossiya migrantlarga taksichilik va yana bir qator ishlar bilan shug`ullanishni taqiqlash taklif etilmoqda

'Rossiya migrantlarga taksichilik va yana bir qator ishlar bilan shug`ullanishni taqiqlash taklif etilmoqda'ning rasmi

Rossiya Davlat dumasiga migrantlarning maktab, shifoxona va taksida ishlashini taqiqlovchi qonun loyihasi kiritildi.

Hujjatni “Adolatli Rossiya – Haqiqat uchun” partiyasi etakchisi Sergey Mironov boshchiligidagi bir guruh deputatlar kiritgan. Mualliflarning ta`kidlashicha, hujjat migrantlarga "eng nozik ijtimoiy sohalarda" ishlashni taqiqlaydi, bunda "chet ellik ishchilarning malakasiz mehnati foydadan ko`ra ko`proq zarar keltirishi mumkin".

Avvalroq Davlat Dumasiga sudlanganligi olib tashlangan migrantlarning Rossiya fuqaroligini olishni taqiqlovchi qonun loyihasi kiritilishi ma`lum bo`lgan edi. Bu haqda LDPR raisi Leonid Slutskiy matbuot xizmati xabar berdi.

Qonun loyihasiga ko`ra, jinoyat sodir etganlik uchun sudlanganlik faktining o`zi, hatto sudlanganlik holati allaqachon tozalangan yoki olib tashlangan bo`lsa ham, Rossiya fuqaroligini olish uchun ariza berishga imkon bermaydi.

Ilgari tadqiqotchilari Rossiya aholisini saqlab qolish uchun yiliga 390 mingdan 1,1 milliongacha muhojirlar kerak bo`lishi mumkinligini qayd etishgandi.

    Boshqa yangiliklar