AsosiyDunyo

"Biz hech qanday deraza yoki eshikni yopmoqchi emasmiz, lekin agar ular istamasa, Evropaga buzib kirmaymiz"

'"Biz hech qanday deraza yoki eshikni yopmoqchi emasmiz, lekin agar ular istamasa, Evropaga buzib kirmaymiz"'ning rasmi

Rossiya asosan so`nib borayotgan Evropa bozoridan Osiyoga o`tmoqda. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin “Valday” xalqaro muhokama klubining yalpi majlisida ma`lum qildi.

“Biz asosan so`nib borayotgan Evropa bozorini tark etmoqdamiz va dunyoning boshqa mintaqalari, jumladan, Osiyoning o`sib borayotgan bozorlarida ishtirokimizni oshirmoqdamiz”, — dedi Rossiya rahbari.

Shu bilan birga, Putin Rossiya va Evropani madaniyat va ta`lim sohasida ko`p asrlik aloqalar bog`laganiga e`tibor qaratdi. Biroq, prezident evropaliklar "xristian madaniyatiga asoslangan ildizlarini yo`q qilmoqdalar" degan.

"Biz hech qanday deraza yoki eshikni yopmoqchi emasmiz, lekin agar u istamasa, Evropaga buzib kirmaymiz", - deya qo`shimcha qildi davlat rahbari.

    Boshqa yangiliklar