Yahudiylarning Sukkot bayrami boshlanganidan beri 5057 nafar aqidaparast yahudiy ko`chmanchilar Islom ziyoratgohiga qarshi provokasiyalar uyushtirgan.
Yuzlab aqidaparast yahudiylar yana bir bor musulmonlarning eng muqaddas ziyoratgohi – Al-Aqso masjidiga qarshi fitna uyushtirishdi.
Sukkot bayrami boshlanganidan buyon, ya`ni 29 sentyabrdan buyon 5057 nafar aqidaparast yahudiy islom ziyoratgohiga qarshi provokasiyalar uyushtirgan.
Polisiya falastinliklarning Al-Aqso masjidiga kirishiga to`sqinlik qilib, temir darvoza va yo`l to`siqlari o`rnatgan.
Al-Aqso masjidi musulmonlarning birinchi qiblasi hisoblanadi. Ba`zi yahudiy tarixchilarning fikriga ko`ra, u shoh Sulaymon ibodatxonasi xarobalari ustiga qurilgan.
1994 yil 26 oktyabrda Isroil va Iordaniya o`rtasidagi kelishuvga ko`ra, Al-Aqso masjidi Quddus Islomiy asoslar boshqarmasi yurisdiksiyasi ostidadir.
Biroq 2003 yildan beri yahudiylar ma`muriyat ruxsatini e`tiborsiz qoldirib, Isroilning bir tomonlama qarori doirasida polisiya hamrohligida ziyoratgohga kirib kelgan.





