AsosiyJamiyat

Namangandagi sexda 7 mlrd 56 mln so`mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganlar qo`lga tushdi

'Namangandagi sexda 7 mlrd 56 mln so`mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganlar qo`lga tushdi'ning rasmi

Energetika vazirligi huzuridagi “O`zenergoinspeksiya” va “Hududgazta`minot” AJ tomonidan tegishli organlar bilan hamkorlikda Namangan shahrida o`tkazilgan nazorat tadbirlarida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi. Bu haqda Energetika vazirligi axborot xizmati xabar berdi. 

Ma`lum qilinishicha, Namangan shahrida istiqomat qiluvchi A.E.N.ga qarashli ohak ishlab chiqarish sexi tabiiy gaz hisoblagichisiz, tarmoqqa noqonuniy ravishda ulanganligi natijasida davlat manfaatlariga 7 mlrd 56  mln so`m (4 mln 704 ming metr kub) zarar etkazganligi aniqlangan. 

Ma`lumot uchun: ushbu hajmdagi tabiiy gaz hozirgi kunda 23 ming 520 ta xonadonning bir oylik iste`moliga tengdir.

Qoidabuzar iste`molchiga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko`rish uchun tegishli hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilindi, deyiladi xabarda. 

    Boshqa yangiliklar