AsosiyJamiyat

Shavkat Mirziyoev Emomali Rahmon bilan telefon orqali gaplashdi

'Shavkat Mirziyoev Emomali Rahmon bilan telefon orqali gaplashdi'ning rasmi

5 oktyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev va Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmonning telefon orqali muloqoti bo`lib o`tdi.

Davlat rahbari Tojikiston etakchisini tavallud kuni bilan dildan qutlab, unga mustahkam sog`lik, baxt-saodat va muvaffaqiyatlar, birodar tojik xalqiga esa tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladi.

O`zbekiston-Tojikiston munosabatlarida bugungi do`stlik, strategik sheriklik va ittifoqchilik darajasiga erishilishida Emomali Rahmonning hissasi alohida qayd etildi.

Faol muloqot va almashinuvlar rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan ta`kidlandi. O`zaro tovar ayirboshlash hajmi ortmoqda. Savdo, investisiyalar, sanoat, energetika, qishloq xo`jaligi va boshqa ustuvor sohalarda kooperasiya loyihalari amalga oshirilmoqda.

Mintaqaviy hamkorlik masalalari yuzasidan ham fikr almashildi. Dushanbe shahrida 14-15 sentyabr kunlari o`tgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining beshinchi Maslahat uchrashuvi va Orolni qutqarish xalqaro jamg`armasi yubiley sammitining samarali yakunlari yuksak baholandi.

    Boshqa yangiliklar