AsosiyJamiyat

Namangandagi jamoat transportida ATTO kartalari joriy etildi

'Namangandagi jamoat transportida ATTO kartalari joriy etildi'ning rasmi

Namangan viloyati aholisi va mehmonlariga qo`shimcha qulaylik yaratish maqsadida, jamoat transportida yo`l haqini elektron tizim orqali amalga oshirish yo`lga qo`yildi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Hozirda Namangan shahri ichida harakatlanuvchi 20 ta avtobus yo`nalishlariga 158 dona elektron to`lovni qabul qiluvchi stasionar validatorlar o`rnatilgan. Yo`lovchilar nafaqat ATTO transport kartalari balki bank kartasi, "ATTO" mobil ilovasi hamda virtual transport kartasi orqali ham to`lovni amalga oshirishlari mumkin. 

"ATTO transport kartalarini tez kunlarda Sardoba bozori bekati, Chorsu bozori bekati, Do`stlik bozori bekati va Otchopar shox bekatlaridan xarid qilish mumkin bo`ladi", deyiladi vazirlik xabarida.

    Boshqa yangiliklar