AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda 4 tonna iste`molga yaroqsiz go`shtni olib ketayotgan shaxslar ushlandi

'Qashqadaryoda 4 tonna iste`molga yaroqsiz go`shtni olib ketayotgan shaxslar ushlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Ko`kdala tuman bo`limi tomonidan IIB va veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo`limi xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o`tkazildi. Bu haqda Departament Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Unda “Qarshi-Samarqand” yo`nalishida harakatlanayotgan “ISUZU” rusumli yuk avtomashinasi to`xtatilib ko`zdan kechirilganda, fuqarolar O.X. va J.V. jami 4 000 kg. iste`molga yaroqsiz qoramol go`shtini o`tkazish maqsadida olib ketayotganliklari aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-moddasi (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni o`tkazish maqsadini ko`zlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud o`tkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko`rsatish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda

    Boshqa yangiliklar