AsosiyJamiyat

Prezident Koreyaning “SK Group” kompaniyasi raisini qabul qildi

'Prezident Koreyaning “SK Group” kompaniyasi raisini qabul qildi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 4 oktyabr kuni Koreyaning etakchi «SK Group» kompaniyasi raisi, Koreya Respublikasi Savdo-sanoat palatasi rahbari Che Txe Von boshchiligidagi delegasiyani qabul qildi.

Davlatimiz rahbari O`zbekiston bilan Janubiy Koreya o`rtasidagi alohida strategik sheriklik munosabatlari, eng avvalo, savdo-iqtisodiy sohada izchil rivojlanib borayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdi.

Uchrashuvda “SK Group” kompaniyasi bilan yuqori texnologik loyihalarni amalga oshirish, xususan, Toshkent viloyatida mis folga ishlab chiqarishni tashkil etish bo`yicha amaliy hamkorlikni kengaytirish masalalari ko`rib chiqildi.

Xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash va yuqori qo`shilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish borasidagi istiqbolli loyihalarga alohida e`tibor qaratildi. Yarimo`tkazgichlar sanoatida muhandislik kadrlarini tayyorlash va ilmiy izlanishlar o`tkazish rejalari qo`llab-quvvatlandi.

Koreya Savdo-sanoat palatasi ushbu mamlakat etakchi kompaniyalarining to`g`ridan-to`g`ri investisiyalarini ustuvor tarmoqlardagi kooperasiya loyihalarini amalga oshirishga jalb qilishda faol ishtirok etishi muhimligi qayd etildi.

    Boshqa yangiliklar