Qonunchilik palatasidagi “Adolat” SDP fraksiyasi yig`ilishida “Davlat boji to`g`risida”gi qonunga ma`muriy sudlarga murojaat qilishda fuqarolarga yanada qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan o`zgartirish kiritish haqida”gi qonun loyihasi ko`rib chiqildi.
Ushbu qonun loyihasi fuqarolar o`zlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzayotgan davlat boshqaruvi organlarining, ma`muriy-huquqiy faoliyatni amalga oshirishga vakolatli bo`lgan boshqa organlarning, fuqarolar o`zini o`zi boshqarish organlarining, ular mansabdor shaxslarining qaror va harakatlari (harakatsizligi) ustidan ma`muriy sudlarga murojaat qilish imkoniyatlarini yanada kengaytirish, shuningdek ularga odil sudlovga erishish darajasini oshirish maqsadida ishlab chiqilgan.






