115 ta davlat oliy ta`lim muassasalaridagi mavjud 1 218 ta bino va inshootda kuz-qish mavsumini betalofat o`tkazish maqsadida 5 821 metr isitish tarmoqlari ta`mirlandi, 6 341 m2 bino va inshootlarning singan oynalari almashtirildi, 29 180 m2 bino va inshootlarning tom qismi ta`mirlandi, 24 ming metr sovuq va issiq suv tizimi ta`mirlandi.
- Professional ta`lim muassasalariga 31,5 ming tonna ko`mir xarid qilish uchun 13,2 mlrd.so`m mablag`lar ajratilgan.
- Hozirda 31,7 ming tonna (ya`ni rejaga nisbatan 100,6 foiz) ko`mir yoqilg`isi xarid qilinib, tegishli professional ta`lim muassasalariga etkazib berildi.
- Bundan tashqari, oliy ta`lim muassasalarida ularning byudjetdan tashqari mablag`lari hisobidan 5,2 ming tonna qo`shimcha ko`mir yoqilg`isi zahirasi yaratildi.






