Ijtimoiy tarmoqlarda Namangandagi maktabda o`qituvchilarning oylik maoshlari kechikkani haqida xabarlar tarqaldi.
Holat yuzasidan viloyat Maktabgacha va maktab ta`limi boshqarmasi rasmiy ma`lumot berdi.
Unga ko`ra, barcha pedagoglarning maoshlari 4 sentyabr kuni to`liq qoplab berilgan. Yangi xodimlarga avgust oyi uchun maosh to`lanmaydi.






