6−7 oktyabr kunlari kutilayotgan kuchli yomg`irlar yog`ishi sababli O`zbekistonning 9 ta hududida sel-suv toshqin hodisalari kuzatilishi mumkin, deya ogohlantirmoqda O`zgidromet xizmati agentligi rahbari Sherzod Xabibullaev o`zining Facebook sahifasida.
Respublikaning tog` oldi va tog`li hududlarida, jumladan:
- Qashqadaryo viloyati: Yakkabog`, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G`uzor tumanlarida;
- Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho`rchi, Qumqo`rg`on, Muzrobot tumanlarida;
- Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulung`ur, Nurobod, Qo`shrabot, Kattaqo`rg`on, Payariq, Jomboy, Ishtixon tumanlarida;
- Navoiy viloyati: Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana tumanlarida;
- Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, G`allaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlarida;
- Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo`stonliq, Parkent, Piskent, O`rta Chirchiq, Yuqori Chirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;
- Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo`rg`on tumanlarida;
- Farg`ona viloyati: So`x, Shohimardon, Farg`ona, Beshariq tumanlarida;
- Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo`rg`ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo`jaobod, Marhamat tumanlarida va Xonabod shahrida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Tog`oldi va tog`li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolardan ehtiyotkorlik choralarini ko`rishlari so`raldi.






