AsosiyDunyo

Ilon Mask yana AQShning eng boy odami bo`ldi

'Ilon Mask yana AQShning eng boy odami bo`ldi'ning rasmi

Ilon Mask har yili Forbes jurnali tomonidan tuziladigan AQShning 400 ta eng boy fuqarolari orasida yana birinchi o`rinni egalladi. Bu haqda zamon.uz xabar bermoqda.

Maskning o`tgan yilgi boyligi taxminan 251 milliard dollarni tashkil qilgan. O`sha paytda ham u ro`yxatning boshida edi.

Ikkinchi o`rinni Amerikaning Amazon korporasiyasi asoschisi Jeff Bezos (161 milliard dollar) egallagan. Uchinchi o`rinda Oracle korporasiyasi asoschilaridan biri Larri Peyj (114 milliard dollar) joylashgan.

Microsoft asoschisi Bill Geyts 111 milliard dollar bilan oltinchi o`rinda.

Eslatib o`tamiz, joriy yilning iyul oyida Ilon Mask Bloomberg indeksi bo`yicha dunyoning eng boy 500 kishisi reytingida etakchilik qilgan edi.

    Boshqa yangiliklar