AsosiyJamiyat

Toshkent metrosining Chilonzor yo`nalishida poezd tormozi ishlamay qoldi

'Toshkent metrosining Chilonzor yo`nalishida poezd tormozi ishlamay qoldi'ning rasmi

Bugun, 4 oktyabr sanasida soat taxminan 07:55 lar atrofida Chilonzor yo`nalishining "Chinor" (5-bekat) bekatidan harakatlanishi lozim bo`lgan 14-sonli harakat tarkibining tormoz tizimida texnik nosozlik holati kuzatilgan va buning natijasida ushbu harakat tarkibi belgilangan vaqtda harakatlana olmadi. Bu haqda "Toshkent metropoliteni" xabar qildi. 

Ma`lum qilinishicha, yo`lovchilarga noqulaylik hosil qilmaslik va yo`nalishda belgilangan harakat jadvali buzilmasligini oldini olish maqsadida, ortidagi yo`lovchilarsiz bo`lgan poezd orqali tirkamaga olinib, harakat tarkibi tekshiruv yo`lagiga olib borilgan.

Hozirgi vaqtda yo`nalishdagi barcha poezdlar belgilangan jadval asosida harakatlanmoqda.

    Boshqa yangiliklar