Qashqadaryo viloyatidagi Soybo`yi qishlog`i hududiga tog`li hududdan O`zbekiston “Qizil kitob”iga kiritilgan 2 bosh Tyan-Shan qo`ng`ir ayiq bolalari kelib tushdi. BBu haqda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish iqlim vazirligi xabar bermoqda.
Ma`lum qilinishicha, vaziyat yuzasidan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o`zgarishi vazirligining Qashqadaryo viloyat boshqarmasi, Shahrisabz tuman IIB, Milliy gvardiya, Toshkent hayvonot bog`i hamda Hisor qo`riqxonasi xodimlaridan iborat tezkor ishchi guruh tuzilgan.
Voqea joyiga etib borgan ishchi guruh tomonidan ko`rilgan operativ chora-tadbirlar natijasida ayiq bolalari maxsus o`q-dorili qurol yordamida uxlatilgan.
Ayiq bolalariga hech qanday shikast etkazilmasdan, “Hisor” davlat qo`riqxonasining "Tanxoz" daryo bo`limiga qo`yib yuborildi, deyiladi xabarda.






