Xorijdagi o`zbekistonliklarning 100 ming nafardan ortig`i muddatidan oldin ovoz berish huquqidan foydalandi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi xabar bermoqda.
Saylov kuni o`z yashash joylarida bo`lish imkoniga ega bo`lmagan fuqarolar muddatidan oldin ovoz berish huquqiga ega.
Joriy yil 9 iyulda bo`lib o`tadigan muddatidan ilgari O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida muddatidan oldin ovoz berish 28 iyunda boshlandi.
Ma`lum qilinishicha, 2023 yil 1 iyul holatiga jami 376 623 nafar saylovchi muddatidan oldin ovoz berish huquqidan foydalandi. Shundan O`zbekiston hududida – 275 592 nafar xorijda esa – 101 031 nafar saylovchi ovoz bergan.
Muddatidan oldin ovoz berish joriy yil 5 iyulga qadar davom etadi.






