DXX axborot xizmatining ma`lum qilishicha, Yakkabog` tumanida yashovchi fuqaro 2019-2022 yillarda Rossiyada mehnat migranti bo`lib ishlagan davrida internet orqali terroristik tashkilotlar va diniy ekstremistik oqimlar g`oyaviy rahnamolari bo`lgan Abdulloh Zufar, Abdulloh Buxoriy, Sodiq Samarqandiy, Mahmud Abdulmo`min va boshqalarning “hijrat” va “jihod” qilishga, islomiy davlat qurishga chorlovchi ma`ruzalari ta`siriga tushib qoladi.
So`ngra u “Instagram”da aqidaparastlik materiallarni tarqata boshlaydi.
Shuningdek, u “Telegram”da ham “Hizb ut-Tahrir” tashkiloti vakillari bilan aloqa o`rnatib, tashkilot g`oyalari singdirilgan va amaldagi davlat tuzumini Konstitusiyaga xilof tarzda o`zgartirishga xizmat qiluvchi materiallarni targ`ib qilish bilan shug`ullanadi.
“Youtube”da orqali ham “Hizb ut-Tahrir”ning targ`ibotchisi bilan bog`lanib, uning faoliyatini faollashtirish uchun bank ilovasi orqali pul mablag`i yuboradi.
O`zbekistonga qaytib kelganidan keyin ham u g`ayriqonuniy harakatlarini davom ettiradi.






