Buxoro viloyati Kogon shahrida er rashk sababli ayolini bir necha marta pichoqlab o`ldirdi. Bu haqda “Millar” dasturida xabar berildi.
Shaharning “Beruniy” mahallasida 28 may kuni soat 17:30 larda 1992 yilda tug`ilgan erkak 2 nafar farzandining onasi bo`lgan, 1991 yilda tug`ilgan ayoli bilan rashk tufayli janjallashgan. Janjal tufayli er oshxona pichog`i bilan ayolning turli sohalari, ko`krak, bo`yin, qo`llariga bir necha marotaba urib, qasddan o`ldirgan.
Mahalla raisining so`zlariga ko`ra, mazkur oila ziyoli oila hisoblanadi. Oila bilan bog`liq hech qanday muammolar chiqmagan. Holat yuzasidan shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.






