AsosiyJamiyat

Xorazmlik akusher-ginekologlar "Shoshilinch akusherlik yordami" kursini o`tashdi

'Xorazmlik akusher-ginekologlar "Shoshilinch akusherlik yordami" kursini o`tashdi'ning rasmi

O`zbekiston Sog`liqni saqlash tizimi doimo mutaxassislar darajasini oshirib borishni maqsad qilgan. Mazkur ish doirasida Xorazmda Akusherlik va ginekologiya markazi tomonidan hududning 36 nafar mutaxassisini o`qitish ishlari olib borildi.

«Neotlojnaya akusherskaya pomosh» («Shoshilinch akusherlik yordami») kursi 1 iyundan 10 iyunga qadar Xorazm viloyat perinatal markazi bazasida Urganch shahrida o`tkazilyapti.

Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (RIAGIATM DK) mutaxassislari kurs tematikasi bo`yicha 2021 yilda tasdiqlangan harakatdagi Milliy klinik protokollar tavsiyalariga asoslangan kundalik mashg`ulotlarni olib bordi.

Kurs dasturi AQSh, Buyuk Britaniya, Avstraliya va boshqa mamlakatlar akusher-ginekologlari jamiyatlarining zamonaviy ma`lumotlari, Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti va yuqori isbot bazasiga ega xalqaro gaydlaynlar tavsiyalari bilan yangilangan.

Shovot, Bog`ot, Xozarasp, Gurlan va Urganch tibbiyot birlashmalari bo`linmalarining, shuningdek Viloyat perinatal markazi akusher-ginekologlari kurs dasturi bilan tanishib chiqish barobarida, shoshilinch akusherlik yordami ko`rsatish bo`yicha o`zlarining kasbiy kompetensiyalari va ko`nikmalarini oshirdi.

«Tizimli ravishda o`tkaziladigan bu kabi o`quvlar klinik protokollarni amaliyotga samarali joriy etishga yordam beradi», — deb hisoblaydi Xorazm viloyat perinatal markazi direktori Salomat Matyakubova.  

U «Bunday kurslarda o`qib chiqqan shifokorlar isbotlangan tibbiyotning, zamonaviy samarali texnologiyalarning tarafdori bo`lib qoladi. Ular o`z amaliyotida xavfsizligi isbotlangan tashxisli va profilaktik tadbirlarni yanada faolroq qo`llashni, keng joriy etishni va tarqatishni boshlaydi», — deb hisoblaydi.  

Viloyat perinatal markazi direktorining fikricha, viloyatning barcha shifokorlarini qamrab olish maqsadida bunday o`quv kurslarini yiliga bir marta emas, yil davomida har chorakda o`tkazish kerak. Bu shifokorlarni yangi sog`liqni saqlashning akusherlik kabi tarmog`ida muttasil paydo bo`lib boradigan fan yutuqlari bilan tanishtirish, polipragmaziyani, ya`ni ko`pincha ortiqcha dori-vositalarini qo`llashni sezilarli darajada pasaytirish imkonini beradi.

Ilmiy asoslangan amaliyotlarni va texnologiyalarni joriy etish tibbiy yordam sifatini oshirish, respublikada ona va bolaning perinatal kasallanishi va o`limi darajasini pasaytirish imkonini yaratadi.

10 kunlik kurs xorazmlik shifokorlarning akusherlik sohasi bo`yicha zamonaviy tibbiyot bilimlariga intilishlarini, ta`lim olish jarayonidagi, o`tkazilgan bahslarda va zamonaviy akusherlikning dolzarb muammolarini hal etish ustida izlanish bo`yicha guruhli ishlarda ularning faolligini namoyon etdi. Undan tashqari RIAGIATM DK tomonidan tashkil etilgan kurs xorazmlik akusher-ginekologlarga viloyat hududlaridagi hamkasblari va toshkentlik mutaxassislar bilan tajriba almashish imkonini yaratdi.

Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi

    Boshqa yangiliklar