Bugun kunduz kuni respublika bo`yicha yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Farg`ona vodiysi viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`adi, momqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 34-39°, janubda 41° gacha bo`ladi.
Poytaxtimizda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 36-38° bo`ladi.
Tog` oldi va tog`li hududlarda ba`zi joylarda qisqa muddatli yomg`ir yog`adi, momqaldiroq bo`lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 25-30° bo`ladi.
12.06.2023 08:05
Bugun harorat 41° gacha ko`tariladi






