Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent tuman bo`limi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro B.N. fuqaro X.I.ning 2 ta uy-joyi kadastr hujjatlarini tanishlari orqali rasmiylashtirib berishi evaziga 700 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






