Toshkent viloyati “Chinoz-Olmazor” bekatlari oralig`ida poezd 36 yoshli ayolni bosib ketdi. Bu haqda Transport prokuraturasi xabar berdi.
Aniqlanishicha, joriy yilning 4 iyun kuni soat 06:20 da “Xovos-Toshkent” yo`nalishidagi shaharlararo elektropoezdi “Chinoz-Olmazor” bekatlari oralig`ida harakatlanib o`tayotgan 1987 yil tug`ilgan fuqaro M.S.ni bosib ketgan.
Oqibatda fuqaro M.S. voqea joyida vafot etgan.
Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, M.S. epilepsiya kasalligiga chalingani va bir necha marta uyidan chiqib ketgani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.
Bosh prokuraturaga ko`ra, hozirda Toshkent transport prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda ushbu hodisaning videolar tarqaldi. Unda ayolning ikkiga bo`lingan jasadi poezd relsi ustida yotganini ko`rish mumkin.






