Qozog`iston sharqidagi Abay viloyatida yuz bergan o`rmon yong`ini qurbonlari soni 14 kishiga etdi. Bu haqda Qozog`iston Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Avvalroq o`rmon xo`jaligining uch nafar xodimi halok bo`lgani haqida xabar berilgandi, keyin qidiruv ishlari davomida yana 11 nafar jasad topilgan.
“O`lganlarning shaxsi aniqlanmoqda”, — dedi vazirlik. Hozirda yong`inni o`chirishda 1 mingdan ortiq odam va 252 dona texnika ishtirok etmoqda.
Yong`in 8 iyunda boshlangan, uning maydoni 60 ming gektarni tashkil qilgan. Qozog`iston prezidenti Qosim-Jo`mart To`qaev voqea fonida Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbarini almashtirdi.






